"Vaqt sinovidan o‘tgan do‘stlik: tojik va o‘zbek xalqi munosabatlari haqida film

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishTojikiston prezidenti Emomali Rahmon va O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi saytida Tojikiston va O‘zbekiston do‘stligi haqida "Vaqt sinovidan o‘tgan do‘stlik" filmi e’lon qilindi

TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati tojik va o‘zbek xalqi o‘rtasidagi munosabatlar haqida "O‘zbekiston va Tojikiston: vaqt sinovidan o‘tgan do‘stlik" filmini e’lon qildi.

Yigirma daqiqadan sal ziyod davom etadigan va "Tojik va o‘zbek xalqi o‘rtasidagi do‘stlik bu kechagina paydo bo‘lgan gap emas, balki asrlar davomida yashab kelayotgan haqiqat", degan so‘zlar bilan boshlanadigan rolikda o‘zbek va tojik millatining "et bilan tirnoq"qa o‘xshashligi, bu ikki xalqni bir-birisiz tasavvur etib bo‘lmasligi haqida gapiriladi.

Rolikda bitta darodan suv ichadigan bu ikki xalqning an’analari va urf-odatlari o‘rtasidagi o‘xshashlik e’tirof etilib, O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimovning o‘zbek va tojik xalqi haqida aytgan: "O‘zbeklar va tojiklar — bu ikki tilda gapiradigan yagona xalqdir" degan gaplaridan iqtibos keltirib o‘tilgan.

Videorolik O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning do‘stlik haqida aytgan, bildirgan fikri bilan yakunlangan:

Emomali Raxmon na stroitelnoy ploshadke Rogunskoy GES - Sputnik O‘zbekiston
Kamilov Rog‘un GESi bo‘yicha O‘zbekiston pozitsiyasini tushuntirdi
"Hamma qo‘shnilar bilan biz do‘st bo‘lamiz. Boshqa niyatimiz ham yo‘q. Albatta, ko‘p-ko‘p muammolar bor, lekin odamzot shuni uchun, rahbariyat shuni uchun bor-ki, bu muammolarni aql bilan, iroda bilan, vazminlik bilan yechish kerak. Ikki xalq orasida do‘stlik ko‘prigini mustahkamlash bo‘yicha agar biz niyat qilsak, baribir Xudo taolo o‘zi yechib beradi — u chevar o‘zi. Har bir davlatni o‘zini niyati, o‘zini xalqi, o‘zini istaklari bor. Shuning uchun biz do‘stlik nuqtayi-nazaridan, samimiylik nuqtayi nazaridan, birodarlik nuqtayi-nazaridan qo‘shnilarimiz bilan faqat do‘st, do‘st va yana bir marta do‘st bo‘lamiz".

Yangiliklar lentasi
0