Urgutlik "ahmadboy" fuqaroni 580 ming dollarga chuv tushirdi

© pixabayDollari SShA
Dollari SShA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moliyaviy piramida asoschisi - toshkentlik Ahmadboyning kirdikorlari fosh qilingach, O‘zbekistonda odamlarni pulga chuv tushiradigan "shovvozlarga" xalq orasida "Ahmadboy" laqabi berilmoqda

TOShKENT, 25 fev — Sputnik. O‘zbekistonda bir fuqaro ikkinchisini 580 ming AQSh dollariga chuv tushirdi, deb xabar berdi Toshkent shahar IIBB matbuot-xizmati.

Xabarda aytilishicha, voqea Toshkent shahrining Yunusobod tumanida 2017-yil dekabr oyida sodir bo‘lgan.

Zaderjanniy prestupnik - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent IIB eng ko‘p tarqalgan firibgarliklar haqida ogohlantirdi
Noma’lum shaxs 1982-yilda tug‘ilgan I.M ga Xitoyga va BAAning Dubay shahriga quritilgan mayiz mahsulotlarini eksport qilish orqali daromad olishni taklif qilib, undan 580 ming AQSh dollarini olib voqea joyidan yashiringan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Samarqand viloyati Urgut tumani Vag‘ashti qishlog‘ida yashovchi, 1983-yilda tug‘ilgan Hikmatullo Inoyatov sodir etganligi aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, moliyaviy piramida asoschisi — toshkentlik Ahmadboyning kirdikorlari fosh qilingach, O‘zbekistonda odamlarni pulga chuv tushiradigan "shovvozlarga" xalq orasida "Ahmadboy" laqabi berilmoqda.

Toshkent shahar IIBB matbuot-xizmati fuqarolarni ehtiyot bo‘lishga, firibgarlarning nayrangiga uchmaslikka tez-tez  da’vat qilib kelsa-da, katta miqdordagi pullarini tovlamachilarga o‘z qo‘llari bilan topshirayotgan fuqarolar hamon topilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0