TOShKENT, 23 fev — Sputnik. 2018-yilning 22-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasining Tojikiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Ergash Shaismatov Toshkentdan Dushanbega jo‘nab ketdi, deb xabar qildi "Jahon" AA.
U ilgari O‘zbekiston energetika xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi raisi lavozimida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning mart oyi boshida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga rasmiy tashrifi amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, ilgariroq, Tojikistonning O‘zbekistondagi elchixonasi yangi binosi uchun O‘zbekiston poytaxti markazidan yer ajratilishi haqida xabar bergan edik. Qurilish ishlari Tojikiston budjeti hisobidan moliyalashtiriladi.