Siyosat

Samarqand viloyatidan Tojikistonga oʻtish mumkin boʻladi

© Sputnik / Valeriy Blinov /  / Mediabankka oʻtishKPP na granitse Tadjikistana
KPP na granitse Tadjikistana - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekiston Tojikiston bilan chegarada oʻtkazish punktlari faoliyatini tiklaydi, shuningdek, yangi oʻtkazish nazorat punktlari ochiladi hamda temir yoʻlda ham oʻtkazish punkti tashkil etiladi

TOSHKENT, 23 fev — Sputnik. Oʻzbekiston hukumati oʻzbek-tojik davlat chegarasida ayrim oʻtkazuv punktlari faoliyatini tiklash boʻyicha qaror qabul qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Gorы v Tadjikistane - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Oʻzbekiston va Tojikiston chegaralaridagi "Karimov devori" buzib tashlandi
Adliya vazirligi maʼlumotlariga koʻra, yaqin vaqtlarda Samarqand viloyatidagi "Jartepa", Jizzax viloyatidagi — "Qushkent" va "Uchturgʻon", Sirdaryo viloyatidagi — "Xovostobod", Toshkent viloyatidagi — "Bekobod", Namangan viloyatidagi — "Pop", Fargʻona viloyatidagi — "Ravot", Surxondaryo viloyatidagi — "Gulbahor" avtomobil oʻtkazish punktlaridagi infratuzilmalarni yaxshilash boʻyicha ishlar yoʻlga qoʻyiladi.

Bundan tashqari, hukumat Amuzang temir yoʻl oʻtkazish punkti infratuzilmasini tartibga solishni rejalashtirmoqda.

"Oʻzbekiston temir yoʻllari" kompaniyasiga 1 mart sanasiga qadar "Gʻalaba — Xoshadiy" temir yoʻl uchastkasining Oʻzbekistondagi qismini qayta taʼmirdan chiqarish hamda bu yerda oʻtkazuv punktini jihozlash topshirigʻi berilgan.

Yana bir muhim xabar — Samarqand viloyatida yangi oʻtkazish punkti paydo boʻladi. U Urgut tumanining Jartepa poselkasida joylashadi.

Yangiliklar lentasi
0