TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. Facebookdagi "Xalq bilan muloqot/Dialog s narodom" guruhida tanasida 16 ta igna va sim bo‘laklari topilgan 11 oylik chaqaloq yotgan shifoxonaga borib, boladan xabar olib yurgan o‘zbekistonlik Elbek Tadjiyev video lavha joylashtirgan.
Videoda foydalanuvchi kasalxonaga 4-5 marta kelib, shifokorlardan chaqaloq ahvoli haqida so‘rashga harakat qiladi.
Sputnik muxbiri Elbek Tadjiyev bilan bog‘lanib, unga bir nechta savollar bilan murojaat qildi.
- Shifokorlar bolaning ahvoli haqida nimalarni aytishmoqda?
— Hozirgi kunda chaqaloqning ahvolini shifokorlar ijobiy baholamoqdalar. Shifokorlar ham umid bilan bolaning tuzalib ketishini kutmoqdalar. Yaxshi tomonga o‘zgarishlar bor.
- Nima sababdan boladan xabar olib yuribsiz?
- Shifoxonada bolaning ota-onasi, yaqinlari bormi?
— Shifoxonada bolaning ota-onasi bor. Qorovullar bilan suhbatlashganimda otasi kechayu-kunduz shifoxonada o‘tirganini ta’kidlashapti.
- Sizdan boshqa yana kim bola holidan xabar olyapti?
— Bu savolga aniq javob berishim qiyin, lekin ma’lumotlarga ko‘ra, juda ko‘p odamlar xabar olib turibti.
- Bolaga zarur bo‘lgan dorilar haqida ma’lumotingiz bormi?
Eslatib o‘tamiz, Farg‘ona viloyatida shifokorlar 11 oylik gudakning tanasidan 16 dona tikuv ignalarni topishdi. Ignalar bola tanasida bir oy davomida bo‘lgan. Shifokorlar bolada ignalarni uning onasi murojaat qilgandan so‘ng, rengent qilingach aniqlashgan. Go‘dak zudlik bilan Toshkendagi Respublika ilmiy shoshilinch tibbiy yordam markazida operatsiyaga yotqizilgan. 9 soatlik jarohlik operatsiyasi o‘tkazildi, bola tanasidan 13 dona igna chiqarib olindi.
Ushbu holat yuzasidan huquq tartibot organlari tomonidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.