TOShKENT, 22 fev — Sputnik. Toshkentning Uchtepa tuman sudi tomonidan kursdoshini pichoqlagan Toshkent yuridik kolleji o‘quvchisi Saidkamron Saidvohidovga nisbatan hukm e’lon qilindi, deb xabar qildi "Yoshlar" telekanaliga tayangan holda "Uz24" nashri.
Eslatib o‘tamiz,2017 yilning oktabr oyida Toshkent yuridik kolleji hududida, mazkur kollejning 3-bosqich o‘quvchilari — Saidkamron Saidvoxidov (2000 yilda tug‘ilgan), Asadbek Parpiboyev (2000 yilda tug‘ilgan) va Rahmatilla Yorqoriyev (1999 yilda tug‘ilgan) o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqqan. Janjal oqibatida S.Saidvoxidov pichoq bilan A.Parpiboyev va R.Yorqoriyevlarning chap oyoq son qismiga bir martadan urib tan jarohati yetkazgan.
Natijada, A.Parpiboyev "chap son yuqori uchligi sanchilib kesilgan jarohati, faol qon ketishi" tashxisi bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam markaziga yotqizilgan va olgan tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan.