Toshkent yuridik kollejini maxsus komissiya tekshiradi - Vazirlar Mahkamasi qarori

© Sputnik / Said Tsarnayev / Mediabankka o‘tishPrepodavatel v auditorii shkoli
Prepodavatel v auditorii shkoli - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘quv intizomi va kollej ichki tartib-qoidalarini buzganligi, shu jumladan semestr davomida uzrsiz sabablarga ko‘ra darslarni 74 soatdan ortiq vaqt qoldirgani, shuningdek, odob-axloq qoidalarini buzgan o‘quvchi Toshkent yuridik kollejidan chetlashtirilishi belgilab qo‘yildi.

TOShKENT, 15 noya — Sputnik. Toshkent yuridik kolleji faoliyatini o‘rganish va uni takomillashtirish bo‘yicha komissiya tashkil etildi, kollej faoliyati tubdan takomillashtiriladi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri. 

Prokuratura zavela ugolovnoe delo na rukovodstvo Tashkentskogo yuridicheskogo kolledja - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent yuridik kollejining sobiq direktoriga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Bu haqda Toshkent yuridik kollejida o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmunini tubdan takomillashtirish maqsadida 2017-yil 10-noyabrda Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.

Komissiyaga bir oylik muddatda kollejning rahbar va pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish hamda kollejni zamonaviy talablarga javob beradigan, yuksak malaka, professional tayyorgarlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega boshqaruv va pedagog kadrlar bilan to‘ldirish vazifasi topshirildi.

Shuningdek, qarorga muvofiq kollejdagi muhitni sog‘lomlashtirish va mavjud muammolarning tezkor yechimini topish maqsadida Toshkent yuridik kolleji faoliyatini o‘rganish va uni takomillashtirish bo‘yicha komissiya tashkil etildi.

Komissiyaga bir oylik muddatda kollejning rahbar va pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish hamda kollejni zamonaviy talablarga javob beradigan, yuksak malaka, professional tayyorgarlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega boshqaruv va pedagog kadrlar bilan to‘ldirish vazifasi topshirildi.

Pustoe kreslo - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent yuridik kolleji direktori qator ayblovlar bilan ishdan bo‘shatildi
Shuningdek, qaror bilan Toshkent yuridik kolleji Toshkent davlat yuridik universiteti tasarrufiga o‘tkazildi.

Shu bilan birga, qarorga muvofiq Toshkent yuridik kollejida o‘quv jarayonini tubdan yaxshilash, o‘quvchilarni o‘qitish sifatini, ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, ularning huquqiy madaniyati va ongini oshirish, shuningdek, kollejning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha Tadbirlar rejasi ham tasdiqlandi.

Qarorda o‘quvchilar qonun hujjatlarida belgilangan tartib bilan bir qatorda, o‘quv intizomi va kollej ichki tartib-qoidalarini buzganligi, shu jumladan semestr davomida uzrsiz sabablarga ko‘ra darslarni 74 soatdan ortiq vaqt qoldirgani, shuningdek, odob-axloq qoidalarini buzganligi uchun ham Toshkent yuridik kollejdan chetlashtirilishi belgilab qo‘yildi.

Bundan tashqari, qarorda Toshkent davlat yuridik universitetiga universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan kollej uchun o‘quv-laboratoriya uskunalari, sarflash materiallari, kompyuter texnikasi, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari, yengil avtotransport vositalari sotib olish, shuningdek, kollej xodimi va o‘quvchilarini moddiy qo‘llab-quvvatlash huquqi berildi.

Toshkentdagi kollejda ikki o‘quvchi pichoqlandi: bir o‘quvchi vafot etdi
Eslatib o‘tamiz, ilgariroq Toshkent yuridik kolleji o‘qituvchilarining murojaati yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilgani va buning natijasida Toshkent yuridik kolleji direktori Natalya Temirova "2-darajali adliya maslahatchisi" maxsus unvon-martaba darajasidan mahrum qilinib, egallab turgan lavozimidan ozod etilgani haqida xabar bergan edik.

Xizmat tekshiruvi davomida Toshkent yuridik kolleji faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshirishda N.Temirova tomonidan kadrlarni ishga qabul qilishda qarindosh-urug‘chilikka yo‘l qo‘yilganligi, xodimlarni ishga qabul qilish, ishda qoldirishda ta’magirlik va qonunbuzilishlar mavjudligi, xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralari asossiz qo‘llanilganligi, kadrlar qo‘nimsizligi yildan-yilga oshib borganligi aniqlangan.

Yangiliklar lentasi
0