O‘zbekiston janubida YTHda to‘rt kishi halok bo‘ldi

© Sputnik / StringerMashina skoroy pomoshi
Mashina skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Lasetti" rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, ariqqa tushib ketgan

TOShKENT, 22 fev — Sputnik. Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida yo‘l-transport hodisasida 4 yo‘lovchi halok bo‘ldi, deb xabar qildi O‘zbekiston Respublikasi IIV matbuot-xizmati.

Skoraya pomosh, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Kattaqo‘rg‘on paxta tozalash zavodidagi portlash oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi
Xabarga ko‘ra, hodisa 20-fevral kuni "Bishkek-Dushanbe-Termiz" M-41 yo‘lining 1553-kilometrida sodir bo‘lgan.

Surxondaryo viloyatining  fuqaro T.Shamatov o‘zining "Lasetti" rusumli avtomashinasini haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmay yo‘lning chap tomonidagi ariqqa tushib ketgan. Natijada avtomashina haydovchisi jarohat olib, kasalxonaga yotqizilgan.

Uning yo‘lovchilari Z.Mardonova, D.Jo‘rayev, M.Abduxayirova hamda T.Eshmirzayevalar voqea joyida halok bo‘lishgan.

 

 

Yangiliklar lentasi
0