TOShKENT, 14 fev — Sputnik. Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahridagi "Kattaqo‘rg‘on paxta tozalash" AJning paxta xom ashyosini quritishga mo‘ljallangan issiqlik ishlab chiqarish sexida sodir bo‘lgan portlash oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi.
"12 fevral kuni soat 16.00larda Zomin ko‘chasida joylashgan "Kattaqo‘rg‘on paxta tozalash" AJning paxta xom ashyosini quritishga mo‘ljallangan issiqlik ishlab chiqarish sexiga o‘rnatilgan pechning quvirlaridan tabiiy gaz sizib chiqib, xonaga to‘planib qolgan. Gaz va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo‘lishi oqibatida binoning devori, tom qismidagi temir panjarasi va beton plitalari qulab tushgan", — deyiladi IIV matbuot xizmati xabarida.
Natijada bino ichida bo‘lgan AJning ikki nafar ishchisi jarohat olib voqea joyida halok bo‘lgan.