Fedorovich: transgenderlik sharq madaniyatiga hech qachon yot bo‘lmagan

© SputnikVrach-psixoterapevt Aleksandr Fedorovich
Vrach-psixoterapevt Aleksandr  Fedorovich - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Pokistonlik transgenderlar mamlakat tarixida birinchi marta Saudiya Arabistoniga Hajga borishadi

TOShKENT, 21 fev — Sputnik. Pokistonlik transgender-yigitlar volonter sifatida Saudiya Arabistoniga yo‘l olishmoqda. Ruhshunos Aleksandr Fodorovich Sputnik radiosi efirida ushbu yangilikga izoh berdi.

Xabarga ko‘ra, 150dan ortiq kishidan tashkil topgan volontorlar guruhidan kamida ikki yoki uch nafar transgender ham o‘rin oladi.

Uzbekskie militsioneri - Sputnik O‘zbekiston
Militsiya bir yigitni gey deb kaltaklaganlikda gumon qilinganlarni qo‘lga oldi
Aleksandr Fodorovichga ko‘ra, Pokiston hukumati mahalliy ijtimoiy-siyosiy xarakterdagi ayrim jarayonlarga foyda keltirish uchun shunday harakatni amalga oshirmoqda.

"Lekin aynan sharq madaniyati hamisha transgenderlik tashuvchisi bo‘lgan. Androginlar jamiyatda ma’lum bir mavqega ega bo‘lishgan, shamanlar darajasidagi imtiyozlardan foydalanishgan", — dedi ruhshunos.

Sind Atif provinsiyasida boyskaut harakati komissari Amin Huseyn izohiga ko‘ra, ular birinchi saralash bosqichidan: jismoniy tayyorgarlik va test jarayonidan o‘tishadi. Shundan so‘ng, ya’ni mazkur bosqichdan o‘tgan yosh yigitlar so‘nggi tasdiqdan o‘tish uchun Diniy masalalar va konfessiyalararo uyg‘unlik vazirligiga yuboriladi.

Ayni vaqtda Sind provinsiyasining 40 nafarga yaqin transgenderlari Pokiston boyskautlari assotsiatsiatsiyasi tarkibiga kiritilgan. O‘tgan yilning iyun oyida Pokiston jinsi ko‘rsatiladigan joyda "X" belgisi qo‘yilgan transseksuallar harakati faoliga chet elga chiqish pasportini bergan edi.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq pokistonlik ruhoniylar transgenderlar bilan nikohga ruxsat beradigan fatvoni e’lon qilishgan edi. Transgenderlik — bu bir jinsda tug‘ilgan shaxsning keyinchalik o‘zini boshqa bir jins vakili sifatida his qilishidir.

Yangiliklar lentasi
0