TOShKENT, 20 fev — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev qozoq tili alifbosining lotin yozuviga o‘tish bo‘yicha farmonga imzo chekdi, deb xabar qildi Sputnik Qozog‘iston.
2017 yil oktabr oyida Nazarboyev qozoq tili alifbosini 2025-yilgacha lotin yozuviga bosqichma-bosqich o‘tkazish haqida farmonni imzoladi. O‘sha vaqtning o‘zida 32 harfdan iborat bo‘lgan lotin grafikasidagi qozoq tili alifbosi tasdiqlandi. Ammo ko‘plab mutaxassislar va oddiy fuqarolarning fikriga ko‘ra, unda o‘qish hamda yozishni qiyinlashtiradigan ajratish belgilari ko‘p qo‘llangan.
Prezident tomonidan tasdiqlangan yangi alifbo ham 32 harfdan iborat bo‘lib, unda ajratish belgilari soni kamaygan va digraflar (sh, ch) kiritilgan.