Utembayev: O‘zbekiston Qozog‘istonning tashqi siyosatdagi muhim sherigidir

© mfa.gov.kzYerik Utembayev - posol Kazaxstana v Uzbekistane
Yerik Utembayev - posol Kazaxstana v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Utembayev O‘zbekiston va Qozog‘iston qaysi sohalarda strategik hamkorlik qilishlarini sanab o‘tdi

TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Qozog‘istonning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Yerik Utembayev Sputnik radiosi efirida ikki mamlakat munosabatlari istiqbollari va Shavkat Mirziyoyev tomonidan qo‘yilgan masalalarga hamohang bo‘lgan Nursulton Nazarboyevning murojaatnomasi amalga oshirilishi jarayoni haqida gapirdi.

Ministr inostrannix del Kazaxstana Kayrat Abdraxmanov - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘iston TIV rahbari: "Yaxshi qo‘shni og‘aynidan afzal"
Diplomat so‘zlariga ko‘ra, 2017-yil yakuniga ko‘ra, mamlakatlar tovar aylanmasi bo‘yicha juda yaxshi natijalarga erishganlarini namoyish etganlar. Bu sohada rekord darajadagi ko‘rsatkich — 2 milliard dollarlik natija qayd etilgan.

"Biz avtomobil sohasida, neft-gaz va kimyo, shuningdek, agrosanoat sektorlarida hamkorligimizni rivojlantirish niyatidamiz", — deb hikoya qilgan Toshkentda o‘z diplomatik missiyasini bajarayotgan Utembayev.

Siyosatchi, Qozog‘iston va O‘zbekistonning taraqqiyot dasturlari ko‘p jihatdan o‘zaro bog‘liqligini va barcha yo‘nalishlar bo‘yicha yaqin hamkorlik olib borilayotganini qo‘shimcha qilgan.

Diplomat, shuningdek, O‘zbekiston Qozog‘istonning tashqi siyosatida eng muhim sheriklaridan biri bo‘lib qolayotganini qayd etgan.

Yangiliklar lentasi
0