Buxoroning tarixiy markazida bepul Wi-Fi tarmog‘i yo‘lga qo‘yiladi

© Sputnik /Anton KurilkinBuxara. Ulochka v starom gorode
Buxara. Ulochka v starom gorode - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu kunlarda Buxoroda sayohlar uchun elektromobillar xizmati yo‘lga qo‘yildi

TOShKENT, 20 fev — Sputnik. Buxoroning butun tarixiy qismi bepul Wi-Fi tarmog‘i bilan qoplanadi, deb xabar qildi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati.

Vozdushniy shar v Buxare - Sputnik O‘zbekiston
Qadimiy Buxoro osmonida ilk bor havo shari uchirildi

Xabarda aytilishicha, Buxoroning turistik markazida infratuzilmani yaxshilashga o‘z hissasini qo‘shishga tayyor sarmoyachilar va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi sa’y-harakatlari bilan bu loyihani amalga oshirish ishlariga start berildi.

Internet tarmog‘iga ulanish sifat talablariga javob berishi va foydalanuvchilar shaxsining majburiy identifikatsiyasi bilan amalga oshirilishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidentining 2018-yil 3-fevralidagi "O‘zbekiston Respublikasining turistik salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq, jamoatchilik joylarida internetga bepul kirish zonalarini yaratadigan operatorlar, provayderlar va boshqa xo‘jalik subyektlari Wi-Fi taqdim etiluvchi hududda reklama bannerini bepul o‘rnatish imkoniga ega bo‘lishdi.

Yangiliklar lentasi
0