Qadimiy Buxoro osmonida ilk bor havo shari uchirildi

© uzbektourism.uzVozdushniy shar v Buxare
Vozdushniy shar v Buxare - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi loyiha turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Aeronavtika federatsiyasi hamda bir qator tijorat banklar bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda

TOShKENT, 20 fev — Sputnik. Buxoro osmonida ilk bor havo shari uchirildi, deb xabar qildi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati. 

Xabarda aytilishicha, bu yangi loyiha turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Aeronavtika federatsiyasi hamda bir qator tijorat banklar bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

© uzbektourism.uzLevitiruyushiy dervish v Buxare
Levitiruyushiy dervish v Buxare - Sputnik O‘zbekiston
Levitiruyushiy dervish v Buxare

Bu loyiha doirasida yana qo‘shimcha 4 dona havo sharlarini sotib olish nazarda tutilgan. Ular O‘zbekistonga tashrif buyuruvchi sayyohlarni jalb qilish uchun foydalaniladi.

Ayni paytda osmonga ko‘tarilgan aerostat shaharga tashrif buyurgan sayyohlarga oddiy yer sathidan 100 metr balandlikda ko‘rinadigan qadimgi Buxoro go‘zalligini tomosha qilish imkoniyatini beradi.

Balandlikdan ajoyib kadrlarni tasvirga olish imkoniyati bor.

Yangiliklar lentasi
0