Kartoshka uchun bojxona to‘lovi to‘lanmaydigan bo‘ldi

© Sputnik / Sergey Malgavko / Mediabankka o‘tishTorgovlya na optovo-roznichnom rinke
Torgovlya na optovo-roznichnom rinke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident farmoni bilan 2019-yil 1-yanvarga qadar muddatga bojxona to‘lovlari to‘lashdan ozod qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari va xom ashyolarning ayrim turlari ro‘yxatiga qo‘shimcha kiritildi

TOShKENT, 20 fev – Sputnik. Kartoshka bojxona to‘lovlari to‘lashdan ozod qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari va xom ashyolarning ayrim turlari ro‘yxatiga kiritildi.

Noviy sort kartofelya. - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Qirg‘izistondan 500 ming tonnagacha kartoshka sotib olishga tayyor

“Prezident farmoni bilan 2019-yil 1-yanvarga qadar muddatga bojxona to‘lovlari to‘lashdan ozod qilinadigan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar bundan mustasno) oziq-ovqat mahsulotlari va xom ashyolarning ayrim turlari ro‘yxatiga qo‘shimcha kiritildi. Endilikda bu ro‘yxatga kartoshka, shu jumladan muzlatilgani ham kiritildi”, — deyiladi Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yil 16-yanvardagi farmonga asosan tirik yirik qoramol, tirik qo‘y va echkilar, yirik qoramol go‘shti, qo‘y yoki echki go‘shti, soya loviyasi, kungaboqar urug‘i, kunjut urug‘i shakarqamish yoki lavlagi shakari va kimoviy toza saxaroza bojxona to‘lovlari to‘lashdan ozod qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0