O‘zbekiston Qirg‘izistondan 500 ming tonnagacha kartoshka sotib olishga tayyor

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishNoviy sort kartofelya.
Noviy sort kartofelya. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Chegaralar ochilganidan so‘ng kartoshka O‘zbekistonga faol eksport qilinmoqda

TOShKENT, 16 fev — Sputnik. O‘zbekiston Qirg‘izistondan 500 ming tonnagacha kartoshka sotib olishga tayyor, dedi Qirg‘iziston bosh vaziri Sapar Isakov Jogorku Keneshning bahorgi ekin ishlariga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishida.

Deputat Ziyadin Jamaldinov chegaralar ochilganidan so‘ng kartoshka O‘zbekistonga faol eksport qilinayotganligini eslatib o‘tdi.

"Issiqko‘l va Norin viloyatlarida hamda O‘sh viloyatining Oloy vodiysida kartoshkani ko‘proq yetishtirish bo‘yicha topshiriq berish zarur. Kartoshka yetishtirish uchun qancha maydon zarur bo‘lishini aniqlash kerak", — dedi deputat.

Sbor ovoshey v fermerskom xozaystve - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston uchta davlat bilan hamkorlikda kartoshka yetishtirish bilan shug‘ullanadi

Bosh vazir 8-9 fevral kunlari O‘zbekiston tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev boshchiligidagi delegatsiya Bishkekda bo‘lganligini eslatdi.

"Muzokaralar o‘tkazildi, yiliga 500 ming tonnagacha kartoshka sotib olishlari mumkinligini aytishdi. Bu juda yaxshi. Iqtisodiyot va Qishloq xo‘jalik vazirliklari bu borada ish olib bormoqda", — dedi Isakov.

Yig‘ilish qatnashchilarining ma’lum qilishlaricha, Qirg‘iziston korxonalari ekologik toza qishloq xo‘jalik mahsulotlari (go‘sht-sut, kartoshka, meva-sabzavot, quritilgan meva va loviya) yetkazib berishga qiziqish bildirishmoqda. O‘tgan yili mamlakatda 395 ming tonna go‘sht, bir million tonnadan ortiq sabzavot, 103 ming tonna loviya, 241 ming tonna rezavor va 1,4 million tonnadan ortiq kartoshka yetishtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0