Rahmat Oqilov ustidan sud 2018-yil fevralda bo‘lib o‘tadi

© Jonathan NACKSTRAND / AFPPolitseyskie mikroavtobusi v Stokgolme
Politseyskie mikroavtobusi v Stokgolme - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik 39 yoshli Rahmat Oqilov terrorchilik harakatini amalga oshirishda asosiy gumondor deb hisoblanmoqda

TOShKENT, 19 dek – Sputnik. Shvetsiya politsiyasi aprel oyida Stokgolmda terakt sodir etishda gumonlangan o‘zbekistonlik Rahmat Oqilov ishi bo‘yicha tergovni yakunladi. Bu haqda prokuror Xans Irmanga tayanib TV 4 telekanali xabar qildi, deb yozadi RIA Novosti.

Sotrudniki politsii i spesslujb v Stokgolme, gde proizoshel terakt - Sputnik O‘zbekiston
OAV: Stokgolm teraktida gumonlangan shaxsning yonidan o‘zbek pasporti topilgan

"Dastlabki tergov yakunlandi hamda ish materiallari advokatga topshirildi. Biroq sud ta’qibi hozircha qo‘zg‘atilmadi", — degan prokuror Irman.

Uning aytishicha, gumonlanuvchi ustidan sud 2018-yil fevralda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

7 aprel kuni Stokgolmning markaziy ko‘chalaridan biri bo‘lgan Drottninggatan ko‘chasida yuk mashinasi haydovchisi odamlarni bosib ketgan. U 550 metr yurib o‘tib, Ahlens savdo markazi binosiga urilgan. Hujum oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi, 15 kishi jarohat oldi. Hukumat buni terakt deb baholadi.

O‘zbekistonlik 39 yoshli Rahmat Oqilov ushbu jinoyatni amalga oshirishda asosiy gumondor deb hisoblanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0