Ozarbayjonda Eronga noqonuniy o‘tmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari qo‘lga olindi

© Press-slujba GMS AR Pogranichniki ne pustili grajdanok Uzbekistana v Iran
Pogranichniki ne pustili grajdanok Uzbekistana v Iran - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
17 fevral kuni Fuzuliy tumani Kerimbeyli qishlog‘ida joylashgan chegara zastavasi xizmat uchastkasida Eron tomonga yo‘nalgan izlar aniqlangan

TOShKENT, 20 fev — Sputnik. Besh nafar o‘zbekistonlik ayol Eronga o‘tish uchun Ozarbayjon chegarasini noqonuniy ravishda kesib o‘tayotganida Ozarbayjon davlat chegara xizmati xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda Sputnik Ozarbayjon xabar qildi.

Ograjdeniya na granitse - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek-afg‘on chegarasida ikki nafar nolegal qo‘lga olindi

Xabarda aytilishicha, 17-fevral kuni Fuzuliy tumani Kerimbeyli qishlog‘ida joylashgan chegara zastavasi xizmat uchastkasida Eron tomonga yo‘nalgan izlar aniqlangan. Tezkor choralar natijasida chegara buzuvchilar qo‘lga olindi – ular to‘rt nafar o‘zbekistonlik ayol va ularni Eronga o‘tkazmoqchi bo‘lgan ozarbayjonlik erkak bo‘lib chiqdi.

O‘sha kuni Yardimli tumanidagi Deman qishlog‘i hududida Eronga noqonuniy tarzda o‘tishga uringan ikki nafar ayol — O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ushlangan.

Mazkur holatlar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0