TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. MXXning Davlat chegarasini qo‘riqlash qo‘mitasi xodimlari o‘zbek-afg‘on chegarasida ikki nafar chegarabuzarni qo‘lga olishdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri muassasa vakiligia asosan.
“Ushbu yilning 3-yanvarida Termez tumanidangi chegaraga yaqin joylashgan Juyjangal aholi punktida, qorong‘ulikdan foydalanib chegarani noqonuniy kesib o‘tmoqchi bo‘lgan ikki nafar Afg‘oniston fuqarosi qo‘lga olindi”, — deyilgan Qo‘mita xabarida.
Qo‘lga olingan fuqarolar, keyin ma’lum bo‘lishicha, Surxondaryo viloyatining Termez tumani hududiga o‘tib olmoqchi bo‘lishgan.
Ayni damda tergov-taftish ishlari olib borilmoqda. Ularning natijasiga ko‘ra, chegarabuzarlarga nisbatan O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq chora ko‘riladi.