O‘zbekistonda Mudofaa sanoati kompleksini rivojlantirish jamg‘armasi tuzildi

CC BY-SA 4.0 / Ministerstvo oboroni RF / Uzbekskie voyennoslujashie
Uzbekskie voyennoslujashie - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jamg‘arma mablag‘lari mudofaa sanoati kompleksini qo‘llab-quvvatlash, uning salohiyatini rivojlantirish va oshirishga yo‘naltiriladi

TOShKENT, 20 fev — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasida Mudofaa sanoati kompleksini rivojlantirish jamg‘armasi tuzildi.

"Mudofaa sanoati kompleksini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin", — O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi qarorida.

Uzbekskie voyennoslujashie - Sputnik O‘zbekiston
Senatorlar yangi tahrirdagi "Mudofaa doktrinasi"ni ma’qulladilar

Jamg‘arma mablag‘lari O‘zbekiston Davlat budjetining mudofaa-sanoat kompleksini rivojlantirishga belgilangan tartibda ajratiladigan mablag‘lari hamda Qo‘mitaga to‘lanadigan vositachilik haqi, jumladan, qurol-yarog‘, harbiy va maxsus texnika yetkazib berish, harbiy-texnik xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha tuzilgan import kontrakt (vositachilik shartnomasi) qiymatining 1 foizi hamda mudofaa sanoati kompleksi korxonalari ishlab chiqargan harbiy va ikki xil maqsadda ishlatiladigan mahsulotlarni sotish bo‘yicha tuzilgan import kontrakt (vositachilik shartnomasi) qiymatining 1 foizi hisobiga shakllantiriladi.

Bundan tashqari, bo‘shaydigan harbiy-texnik mulkni tashqi bozorga sotish bo‘yicha tuzilgan kontrakt qiymatining 30 foizi va Qo‘mita tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan faoliyat sohalarini litsenziyalashdan tushadigan mablag‘lar to‘liq hajmda jamg‘arma hisobiga tushadi.

Jamg‘arma mablag‘lari mudofaa sanoati kompleksini qo‘llab-quvvatlash, uning salohiyatini rivojlantirish va oshirish, shuningdek, yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish bo‘yicha dasturlar va loyihalarni, shu jumladan investitsiya loyihalarini, qurol-yarog‘, harbiy texnika va harbiy-texnik mulkni ishlab chiqish hamda modernizatsiyalash tadbirlarini moliyalashtirishga, mudofaa sanoati sohasida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirishga yo‘naltiriladi.

Voyennoslujashie voorujennix sil Uzbekistana vo vremya patogo etapa Vixod razvedivatelnogo soyedineniya v rayon sbora posle vipolneniya zadachi na mejdunarodnom konkurse Otlichniki voyskovoy razvedki - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya O‘zbekistonga mudofaa sanoatini tiklashda yordam beradi

Jamg‘armaning Qo‘mita raisi rahbarlik qiladigan Kengashi Jamg‘arma mablag‘larini boshqarish organi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yil noyabrda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi tashkil etilgandi.

Yangi tuzilma davlat mudofaa buyurtmalarini shakllantirish va ishlab chiqarishni tashkil etish bilan shug‘ullanadi.

Qo‘mita O‘zbekiston Qurolli kuchlari tizimini qurol-yarog‘, harbiy texnika, oziq-ovqat va boshqa moddiy buyumlar bilan ta’minlashi belgilangan.

Yangi tashkil etilgan qo‘mita tarkibiga uchta davlat korxonasi – "O‘zmaxsusimpeks", "Sharq" DUK va Chirchiq aviasozlik ta’mirlash zavodi kiritilgan.

Yangiliklar lentasi
0