TOShKENT, 7 dek – Sputnik. "O‘zbekistonda qardosh o‘zbek xalqi va 300 mingga yaqin tatarlar istiqomat qiladi. Tashrifimiz judayam sermazmun bo‘ldi. Mamlakatning yangi rahbariyati biz bilan ijobiy muloqotda bo‘ldi, yirik kompaniyalarimizning O‘zbekiston bozorida ishtiroki imkoniyatlarini o‘rganmoqdamiz. Shu bilan birga o‘zbekistonlik hamkasblarimiz bizning tajribamizni o‘rganish istagida", — dedi Minnixanov.
Uning aytishicha, tez kunlarda Tatariston Respublikasi va Toshkent viloyati o‘rtasida kelishuv imzolanadi.
"O‘zbekistonning madaniy-tarixiy salohiyati ulkan. O‘zbekistonda bo‘lmaganlarga u yerga albatta borishni maslahat beraman. Samarqand, Buxoro, Toshkent ulkan tarixiy merosga ega shaharlar", — dedi u.
Eslatib o‘tamiz, 23-25 sentabr kunlari O‘zbekistonga amalga oshirgan tashrifi davomida Rustam Minnixanov Samarqandda bo‘ldi va O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. so‘ngra Toshkentda tatar diasporasi vakillari va O‘zbekiston madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev bilan uchrashdi.
Bundan tashqari, Minnixanov biznes-forumda ishtirok etdi, bosh vazir Abdulla Aripov va prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi.