TOShKENT, 13 fev – Sputnik. O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirib O‘zbekistonga qaytib kelgan fuqarolarni agentlikka kelishlarini so‘ramoqda.
“Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi orqali Koreya Respublikasiga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun yuborilgan fuqarolar bilan Agentlik o‘rtasida imzolangan xizmat ko‘rsatish shartnomalarida fuqarolar Koreya ish beruvchisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi muddati yakunlangandan so‘ng, 10 (o‘n) ish kuni ichida O‘zbekistonga qaytib kelishi va 30 (o‘ttiz kalendar kuni ichida “o‘z yurtiga qaytgan shaxs” sifatida ro‘yxatga olinish uchun Agentlikka kelishi shartligi belgilangan”, deyiladi Agentlikning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida berilgan e’londa.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasiga qaytib kelgan bo‘lsada, Agentlikka kelib ro‘yxatdan o‘tmagan fuqarolarni Agentlikda ro‘yxatdan o‘tishini, aks holda ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasida belgilangan ish haqining bir barobari miqdorida jarima qo‘llanilishi ma’lum qilingan.