O‘zbekistonda o‘tgan yili 3,54 tonnadan ortiq narkotik musodara qilindi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishUnichtojenie narkoticheskix sredstv
Unichtojenie narkoticheskix sredstv - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2016 yilda 4700dan ortiq kishi noqonuniy narkotik savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar uchun huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan javobgarlikka tortilgan

TOShKENT, 25 apr — Sputnik. O‘zbekistonda 2016-yilda 3,54 tonnadan ortiq giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi, 2015-yilda bu ko‘rsatkich 2,51 tonnani tashkil etgan. Bu haqda respublika Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Narkotik moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha Milliy axborot tahliliy markaziga tayanib RIA Novosti xabar berdi.

Jinoyatchi - Sputnik O‘zbekiston
Chegaradan yarim sentner giyohvand modda olib o‘tayotgan afg‘onistonlik ushlandi

Mamlakat huquqni muhofaza qilish organlari 107,7 kilo geroin (2015 yilda 147,9 kilo), 1,447 tonna afun (882,3 kilo), 883,2 kilo marixuana (1,025 tonna), 241,1 kilo gashish (250,2 kilo), 862,8 kilo ko‘knori (204,7 kilo) va 19,28 dona psixotrop dori vositalarini (7,1 ming dona) musodara qildilar.

2016 yilda giyohvandlik moddalari bilan bog‘liq jinoyatlar miqdori saqlanib qoldi — 6,646 ming (bir yil ilgari 6,648 ming). Fosh qilingan jinoyatlarning 2,798 mingtasi (3,017 ming) narkotik moddalar savdosi, 645tasi (709) — kontrabanda, 1,482 mingtasi (1,301 ming) noqonuniy ravishda giyohvandlik o‘simliklarini yetishtirish bilan bog‘liq.

2016 yilda 4,726 ming kishi (4,578 ming) noqonuniy narkotik savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar uchun huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan javobgarlikka tortilgan, deyiladi xabarda.

Markaz ma’lumotlariga ko‘ra, 2005-2015 yillar davomida O‘zbekistonda 92 mingga yaqin narkojinoyatlar fosh etilgan va 32 tonnadan ortiq narkotik moddalar musodara qilingan.

Yangiliklar lentasi
0