TOShKENT, 19 fev — Sputnik. O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev Buxoroda tabiiy ko‘llar ko‘pligi, ularda baliq yetishtirishni yanada ko‘paytirish mumkinligini ta’kidladi, deb xabar berdi Buxoro hokimligi matbuot-xizmati.
"Buxorobaliqsanoat" tomonidan tashkil etilgan baliq yetishtirish va uni qayta ishlash loyihasi aholini ushbu tansiq mahsulot bilan ta’minlashga xizmat qiladi. Bu xalqimiz ratsionini kengaytirish, salomatligini mustahkamlash bilan birga go‘sht narxini arzonlashtirish imkonini beradi", — debta’kidlagan davlat rahbari.
Ta’kidlanishicha, qo‘shimcha yer ajratilishi va zamonaviy texnologiyalar joriy etilishi natijasida "Buxorobaliqsanoat" korxona quvvati yanada kengayadi. Chavoq yetishtirish, baliq go‘shtini dudlash, ozuqa ishlab chiqarish, sohadagi xo‘jaliklarga xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi. Yigirmadan ortiq ish o‘rni yaratiladi.