TOShKENT, 22 dek – Sputnik. Bugun Toshkent shahriga Rossiya Federatsiyasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi delegatsiyasi a’zolari tashrif buyuradi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, ikki mamlakatning tegishli tuzilmalari vakillari tomonidan baliqchilik va suvga bog‘liq mahsulotlar yetishtirish sohalarida istiqbolli hamkorlik loyihalari muhokama qilinadi.
Rossiya delegatsiyasiga qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Yevgeniy Gromiko boshchilik qiladi.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning sentabrida Rossiya qishloq xo‘jaligi vaziri Aleksandr Tkachev boshchiligidagi delegatsiya kelgandi.