Haydovchilik guvohnomalarini almashtirish qayta boshlandi

© Lex.uzVoditelskoe udostoverenie - ID-karta
Voditelskoe udostoverenie - ID-karta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi haydovchilik guvohnomasi olish uchun pasport, haydovchilik guvohnomasi, ekzamen varaqasi va 121 ming so‘m pul kerak bo‘lgan xolos.

TOShKENT, 18 fev — Sputnik. Yangi ko‘rinishdagi haydovchilik guvohnomalarini berish tizimi yana ishga tushdi, deb xabar qilmoqda “Voditeli Tashkenta” guruhi a’zolari.

Voditelskoe udostoverenie Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
IIBB haydovchilik guvohnomalarini berish to‘xtatib qo‘yilgani sababini tushuntirdi

“Haydovchilik guvohnomasi olish jarayoni biroz osonlashgan. Soat 14:00 da yetib keldim. Ariza yozishga 2 daqiqa vaqt ketdi. Undan so‘ng kassaga pul to‘ladim. Bunga  kassada navbat bo‘lgani tufayli 10  daqiqa vaqt ketdi. Keyin hujjatlarni 3 xonaga topshirdim – 15 daqiqa. So‘ng 5 kabinetda suratga tushdim – yana 10 daqiqa. O‘sha yerda barcha hujjatlarni qoldirdim. Keyin kutib turdim. Umman hamma yugur-yugurga 2 soatdan kam vaqt va 126 ming so‘m pul ketdi”, — deb yozib qoldirgan Dilshod Nasirov nomli foydalanuvchi.

Uning aytishiga ko‘ra, yangi ko‘rinishdagi haydovchilik guvohnomasini olish uchun pasport, haydovchilik guvohnomasi, talon va ekzamen varaqasi kerak bo‘lgan xolos. To‘langan pulning 121 ming so‘mi kassaga 5 ming so‘mi ariza to‘ldirishga ketgan.

“Shundan boshqa hech qanday ma’lumotnoma yoki sizni bir yildan ortiq haydovchilik tajribangiz borligini tasdiqlaydigan avtomobil texpasporti  kerak emas!”, — deb qat’iy ma’lumot bildirgan guruh a’zosi.

Yuqorida aytib o‘tilgan holat Fayzoboddagi YHXBda 15-fevral kuni bo‘lib o‘tgan. Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin yangi ko‘rinishdagi haydovchilik guvohnomalari berish vaqtincha to‘xtatilganini xabar qilgan edik.

Yangiliklar lentasi
0