Markov: O‘zbekiston - Rossiyaning uglevodorod qazib olish bo‘yicha yetakchi hamkori

© SputnikViktor Markov, starshiy analitik IK "Serix Kepital Menedjment"(fotografiya s ekrana monitora)
Viktor Markov, starshiy analitik IK Serix Kepital Menedjment(fotografiya s ekrana monitora) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Serix Kepital Menejment" investitsiya kompaniyasining katta analitigi Viktor Markovuglevodorod qazib olish bo‘yicha Rossiyaning Markaziy Osiyodagi yetakchi hamkori O‘zbekiston ekanligini ta’kidlab o‘tdi

TOShKENT, 17 fev — Sputnik. Sputnik radiosiga bergan intervyusida Viktor Markov Rossiyaning Markaziy Osiyo mintaqasida neft-gaz sohasida olib borayotgan hamkorlik istiqbollari haqida so‘zladi.

Eskpertga ko‘ra, Markaziy Osiyodagi beshta davlat ichida Rossiya O‘zbekiston va Qozog‘iston kompaniyalari bilangina yaqin aloqalarni yo‘lga qo‘ygan.

Ploshadka slivnix jeleznodorojnix estakad - Sputnik O‘zbekiston
"Transneft" O‘zbekistonga dekabrda 50 ming tonna neft yetkazib beradi
Buning boisi ko‘proq geosiyosiy va reglament masalalariga borib taqaladi, dedi Markov.

"O‘zbekistonga keladigan bo‘lsak, u yerda allaqachon gaz qazib olishda, shuningdek, qisman bo‘lsa-da, neft qazib olishda ham ishtirok etayotgan "Lukoyl" o‘z ishini faol davom ettirmoqda. Bundan tashqari, Qozog‘istonda katta ishlar olib borilmoqda. Tojikiston va Turkmanistonda esa vaziyat murakkabroq. Bu yerda Xitoyning ham o‘rni salmoqli", — deb ta’kidladi Markov.

Rossiyaning ushbu mintaqadagi asosiy raqobatchisi — Xitoy haqida gapirar ekan, tahlilchi, u elektrenergiyaga talabi yuqori bo‘lgan ulkan mamlakat ekanligini ta’kidladi. "Shu bois, Xitoy, energya resurslarini xarid qilish bilan cheklanmasligi tabiiy, u butun dunyo bo‘ylab foydali qazilmalar razvedkasida va qazib olish jarayonida ishtirok etayotgan kompaniyalar tarmog‘ini yaratmoqda", — qo‘shimcha qildi ekspert.

Yangiliklar lentasi
0