"Transneft" O‘zbekistonga dekabrda 50 ming tonna neft yetkazib beradi

© Sputnik / Svetlana Mayorova / Mediabankka o‘tishPloshadka slivnix jeleznodorojnix estakad
Ploshadka slivnix jeleznodorojnix estakad - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ma’lum qilinishicha, noyabr oyida 30 ming tonna neft yetkazib berilgan

TOShKENT, 15 dek – Sputnik. "Transneft" dekabr oyida O‘zbekistonga 50 ming tonna neft yetkazib berishni rejalashtirmoqda, dedi kompaniya rasmiy vakili Igor Demin jurnalistlarga. Bu haqda rns.online xabar berdi.

Ploshadka slivnix jeleznodorojnix estakad - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya O‘zbekiston uchun neft yetkazib berishni boshladi

"Dekabr uchun reja 50 ming tonnani tashkil etadi", — dedi u.

Uning ma’lum qilishicha, noyabr oyida 30 ming tonna neft yetkazib berilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil aprelida Moskvaga qilgan tashrifi davomida Rossiyadan O‘zbekistonga 500 ming tonna neft yetkazib berilishi to‘g‘risida memorandum imzolangandi.

20 noyabrdan Qozog‘istonning "Kaztransoyl" kompaniyasi Rossiya neftini O‘zbekiston yo‘nalishida jo‘natishni boshladi.

Neft quvurlar orqali Shagir neft quyish estakadasigacha yetkazib beriladi va bu yerdan temir yo‘l sisternalariga to‘ldirilib O‘zbekistonga jo‘natiladi.

Yangiliklar lentasi
0