Davlat bojxona qo‘mitasi raisining virtual qabulxonasi faoliyatini to‘xtatmoqda

© SputnikSayt virtualnoy priyemoy Shavkata Merziyoyeva
Sayt virtualnoy priyemoy Shavkata Merziyoyeva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bojxona organlariga murojaatlar pm.gov.uz manzilidagi veb-sayt orqali yuborilishi mumkin

TOShKENT, 16 fev – Sputnik. Davlat bojxona qo‘mitasi rasmiy veb saytidagi qo‘mita raisining virtual qabulxonasi 2018-yil 24-fevraldan o‘z faoliyatini to‘xtatadi. Bu haqda qo‘mita axborot xizmati xabar berdi.

Pustoe kreslo - Sputnik O‘zbekiston
Davlat bojxona qo‘mitasi raisi ishdan olindi

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi faoliyatini yanada takomillashtirish, jismoniy va yuridik shaxslar uchun davlat organlariga murojaat qilishda qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida, 2018-yil 1-fevraldan e’tiboran O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasi axborot tizimining yangi talqini ishga tushirildi”, deyiladi xabarda.

Shu munosabat bilan Davlat bojxona qo‘mitasi rasmiy veb saytidagi qo‘mita raisining virtual qabulxonasi 2018-yil 24-fevraldan o‘z faoliyatini to‘xtatishi va bojxona organlariga murojaatlar pm.gov.uz manzilidagi veb-sayt orqali yuborilishi ma’lum qilinmoqda.

Bu davlat organlarida murojaatlar bilan ishlash samaradorligi va shaffofligini oshirish, davlat organlariga kelib tushayotgan barcha murojaatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yagona tizim doirasida birlashtirishni ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotganligi aytilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0