Davlat bojxona qo‘mitasi raisi ishdan olindi

© Sputnik / Mixail VoskresenskiyPustoe kreslo
Pustoe kreslo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kadrlar o‘zgarishi haqida bosh vazir Abdulla Aripov selektor majlisida ma’lum qilgan

TOShKENT, 13 fev — Sputnik. O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Muidjon Tohiriy ishdan olindi. Qo‘mitaga bosh prokuror o‘rinbosari, general-mayor Murotjon Berdialiyevich Azimov yangi rais etib tayinlangan.

Kadrlar o‘zgarishi haqida bosh vazir Abdulla Aripov selektor majlisida ma’lum qilgan.

Ushbu ma’lumotni respublika Bojxona qo‘mitasidagi manba Sputnik muxbiri bilan suhbatda tasdiqladi.

Muidjon Tohiriy 2016-yilning dekabrida Zohid Do‘sanov o‘rniga Bojxona qo‘mitasiga rais etib tayinlangandi. RIA Novosti keltirib o‘tgan ma’lumotlarga ko‘ra, Tohiriy bunga qadar O‘zbekiston Respublikasining Birinchi prezidenti qo‘riqlash xizmati rahbari lavozimida faoliyat yuritgan.

Yangiliklar lentasi
0