TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Sputnik radiosida suhbatda Albir Krganov O‘rta Osiyoda, xususan, O‘zbekistonda qadimdan o‘ta kuchli an’anaviy islom diniy maktablari bo‘lganligi haqida aytib o‘tdi.
"Men o‘z faoliyatim taqazosi bilan Jamoatchilik palatasida radikal islomga qarshi kurashish bilan shug‘ullanaman. Biz uning asl ildizi nimada, unga qarshi qay tarzda kurash olib borish degan savollarni o‘zimizga berganmiz. Biz bu borada O‘zbekistondan tajriba o‘rganishimiz lozim. Ekstremizmning davosi — Buxoro diniy maktablarida, Sharqning buyuk hadisshunos olimlari mehnatlarida, birinchi navbatda Muhammad al-Buxoriyning asarlaridadir", — deb ta’kidladi muftiy.
U shuningdek, muqaddas qadamjolarni ziyorat qilish kishini ma’naviy-axloqiy jihatdan chiniqtirishi, an’anaviy islom an’analari bilan yaqindan tanishtirishini ta’kidladi. Radikal islom targ‘ibotchilari esa, aksincha, muqaddas qadamjolar, xususan, islom madaniyatining buyuk namoyondalari qabrlarini ziyorat qilishni va ularga sig‘inishni ta’qiqlaydi.