Kulakov: amerikaliklar Afg‘onistonda hech narsaga erisholmaydi

© US Army / Staff Sgt. Shane HamannUS Army soldiers provide security for members of their team near the Afghanistan-Pakistan border
US Army soldiers provide security for members of their team near the Afghanistan-Pakistan border - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Harbiy ekspert Oleg Kulakov Afg‘onistondagi muammolarni harbiy yo‘l bilan hal qilib bo‘lmaydi, degan fikrni bildirdi

TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligi Harbiy universiteti o‘qituvchisi, iste’fodagi polkovnik Oleg Kulakov sobiq Ittifoq tomonidan Afg‘onistonda o‘tkazilgan harbiy operatsiyani va hozirgi kunda u yerda bo‘lib turgan Amerika harbiylari holatini solishtirdi.

Sentr Kabula - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston harbiy delegatsiyasi Afg‘onistonda bo‘ldi
1989 yilning 15-fevral kuni sovet qo‘shinlari Afg‘onistondan olib chiqilishi yakunlangan edi. O‘sha vaqtdagi va bugungi omadsizliklar sababi nima edi, deya savol beradi harbiy ekspert Oleg Kulakov.

Kulakovga ko‘ra, SSSRni Afg‘onistonda mag‘lubiyatga uchragan, deb hisoblab bo‘lmaydi.

"Barcha harbiy topshiriqlar bajarilgan. Ammo bu siyosiy barqarorlikka olib kelmadi, va bu boshqa masala", — dedi Oleg Kulakov Sputnik radiosi efirida.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, amerikaliklar ham shunday muammoga duch kelishgan.

"Ular bizning xatolarimizni takrorlashmoqda: qanchalik bosimni kuchaytirishayotgan bo‘lsa, qarshilik shu darajada kuchaymoqda. Ular hech narsaga erisholmaydi. Dastlab qarama-qarshiliklar paydo bo‘ladi, aynan shular keyinchalik siyosiy ta’sirga erishishga yo‘l qo‘ymaydi", — deya izoh berdi harbiy ekspert.

Kulakov boshqa mamlakatning harbiy kontingenti mahalliy hokimiyat uchun hamisha siyosiy qo‘zg‘atuvchi bo‘lib qolishini ta’kidladi.

 

Yangiliklar lentasi
0