O‘zbekiston harbiy delegatsiyasi Afg‘onistonda bo‘ldi

© Sputnik / V. Kiselev / Mediabankka o‘tishSentr Kabula
Sentr Kabula - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Delegatsiya Afg‘oniston prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani tomonidan qabul qilindi

OShKENT, 15 fev – Sputnik. O‘zbekiston Mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari — Qurolli kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i general-mayor P. Ergashev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Afg‘onistonga tashrifini yakunladi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi Kobul shahrida Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari armiyalari bosh shtab boshliqlarining yillik konferensiyasida ishtirok etdi. Unda shuningdek, AQSh/NATOning "Qat’iy qo‘llab-quvvatlov" missiyasi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston va Turkmaniston Qurolli kuchlari oliy rahbariyati vakillari qatnashdi.

Ministr inostrannix del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston
Kamilov Afg‘oniston prezidenti maslahatchisini qabul qildi

Xalqaro terrorizm va giyohvand moddalar noqonuniy aylanmasiga qarshi birgalikda kurashish masalalari konferensiya kun tartibidagi asosiy mavzulardan bo‘ldi.

O‘zbekistonning Afg‘onistondagi elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, tashrif davomida delegatsiya Afg‘oniston prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani tomonidan qabul qilindi.

10 fevral kuni Toshkentda o‘zbek-afg‘on qo‘shma komissiyasining xavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tgan, unda tomonlar terrorchilik va ekstremizmga, qurol-yarog‘ savdosiga, narkotik moddalar noqonuniy savdosi hamda uyushgan jinoyatchilikning boshqa turlariga qarshi kurash istiqbollarini muhokama qilishgandi.

Eslatib o‘tamiz, mart oyida Toshkentda Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishga bag‘ishlangan xalqaro anjuman bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0