O‘zbekistonda deyarli yuz yildan buyon chop etib kelingan jurnal yopiladi

© fragolerosseZarubejnaya pressa
Zarubejnaya pressa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu paytgacha bir necha nomlarda chop etib kelingan jurnalning ilk soni 1919-yilda dunyo yuzini ko‘rgan

TOShKENT, 16 fev — Sputnik. O‘zbekistonda "O‘zbekiston iqtisodiy axborotnomasi" ("Ekonomicheskiy vestnik Uzbekistana") jurnali yopiladi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev "ko‘ngilochar nashrlar" siyosiy gazetalardan o‘zib ketayotganini aytdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev "O‘zbekiston iqtisodiy axborotnomasi" jurnali tahririyati" davlat unitar korxonasini tugatish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

Jurnalning birinchi soni 1919-yilda "Turkiston xalq xo‘jaligi" ("Narodnoe xozaystvo Turkestana") nomi ostida nashrdan chiqqan edi. Bugungi kungacha jurnalning nomi olti marta o‘zgargan. Jurnal O‘zbekiston Iqtisodiyot vazirligi tasarrufida bo‘lgan.

Prezident qarorida jurnalni yopish sabablari aytilmagan. Ammo buning sabablari aniq – jurnal zararga ishlagan va faqatgina davlat ko‘magida, xususan, obunaga yordam qilinishi hisobiga chop etib kelingan. Biroq bugunga kelib majburiy obuna o‘tmishga aylanmoqda va aksariyat gazeta-jurnallar moliyaviy qiyinchilikka duch kelmoqda.

Yangiliklar lentasi
0