Mirziyoyev "ko‘ngilochar nashrlar" siyosiy gazetalardan o‘zib ketayotganini aytdi

© Press-slujba prezidenta RUzO‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti siyosiy partiyalar nega ko‘ngilochar nashrlar bilan raqobatlasha olmayapti, degan savolni o‘rtaga tashladi

TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev siyosiy partiyalar bilan o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida partiyalar nashri haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Prezident OAV xodimlariga savol berdi
"Mavjud to‘rtta partiya gazetalarining saviyasi, "O‘zbekiston ovozi" gazetasini istisno qilganda, talabga javob bermaydi. Partiya gazetalarining umumiy soni bugungi kunda 60 mingga ham yetmasligi hayotdagi dolzarb muammolar va ularning yechimi bo‘yicha aniq takliflar bu nashrlarda o‘z ifodasini topmayotganidan dalolat beradi.

Xususiy nashrlardan misol keltiraylik. Masalan, biz odatda "ko‘ngilochar nashrlar" deb biladigan "Darakchi", "Tasvir", "So‘g‘diyona" kabi gazetalar nafaqat yengil-yelpi gaplarni, shu bilan birga, muhim hayotiy masalalarni, aytaylik, kommunal xizmat, bozorlardagi narx-navo, tibbiyot, transport masalasi, tadbirkorlik bilan bog‘liq muammolarni ham atroflicha yoritayotgani uchun tiraji oshib bormoqda. Nima uchun partiya nashrlari bu masalalarda ular bilan raqobat qila olmayapti?

Siyosiy partiyalar rahbarlarining elektoratni o‘ylantirayotgan muhim masalalar bo‘yicha televidenie orqali aniq-ravshan o‘z pozitsiyasini bildirganini ham eslay olmaymiz.

Nima, partiya rahbarlari matbuotda chiqishdan qo‘rqadimi? Yoki xalq bilan muloqot qilishning mazmun-mohiyati va ahamiyatini anglab yetmaydilarmi?", — dedi O‘zbekiston prezidenti.

Yangiliklar lentasi
0