An-148 uchuvchilari samolyot qulashi arafasida bir-biri bilan urishishgan

© Mejgosudarstvenniy aviatsionniy komitet / Mediabankka o‘tishMAK opublikoval fotografii bortovix samopissev razbivshegosya v Podmoskovye An-148
MAK opublikoval fotografii bortovix samopissev razbivshegosya v Podmoskovye An-148 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tergovchilar 11-fevral kuni Podmoskovyeda halokatga uchragan An--148 samolyotining qora qutilaridagi yozuvlarni to‘liq o‘rganib chiqdilar

TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Podmoskovyeda halokatga uchragan An-148 samolyotining qora qutilaridagi yozuvlardan uchuvchilar samolyot tezligini aniqlay olmaganliklari muammosiga duch kelishgani ma’lum bo‘ldi.

Bu haqda "Kommersant’" gazetasi o‘z manbasiga tayangan holda xabar berdi.

MAK opublikoval fotografii bortovix samopissev razbivshegosya v Podmoskovye An-148 - Sputnik O‘zbekiston
An-148 halokatining dastlabki sababi aytildi
Qora qutilardagi yozuvlarning dastlabki qismida uchuvchilar nazorat kartasini o‘qishgani, so‘ng turli uskunalarni harakatga keltirib, ularni tekshirib ko‘rganliklari aniq eshitilgan.

Ammo ular tezlik datchigi haqida ma’lumot berib turuvchi umumiy bosim priyemnigini nimagadir qo‘shishmagan. 

Samolyot havoga ko‘tarilgach, uchuvchilar o‘z displeylarida tezlik ko‘rsatkichlari har xilligini ko‘rib qolishadi. Ular so‘kingan holda bu muammoni hal etishga harakat qiladilar. Uchuvchilar tezlikni oshirib, samolyotni yerga qaratib engashtiradilar.

Yer bilan to‘qnashuv esa uchuvchilarning tushunib bo‘lmas baqirishlari ovozlari ostida sodir bo‘ladi.

2018 yil 11-fevral kuni soat 15:00 atrofida Moskva viloyatida An-148 samolyoti halokatga uchradi. "Saratovskie avialinii" kompaniyasiga tegishli bo‘lgan samolyot Domodedovo aeroportidan uchib chiqqan va Orsk shahri yo‘l olgan. Samolyot bortida 71 kishi bo‘lgan: 65 nafar yo‘lovchi va 6 nafar ekipaj a’zosi. Ularning barchasi halok bo‘lishgan.

 

Yangiliklar lentasi
0