Qozog‘iston TIV rahbari: "Yaxshi qo‘shni og‘aynidan afzal"

Ministr inostrannix del Kazaxstana Kayrat Abdraxmanov
Ministr inostrannix del Kazaxstana Kayrat Abdraxmanov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rahbari Qayrat Abdrahmonov rasmiy Ostona kelgusida ham qo‘shni mamlakatlar bilan ikki tomonlama va xalqaro tashkilotlar doirasida ko‘p tomonlama hamkorlikni izchil rivojlantirish tarafdori ekanligini ma’lum qildi

TOShKENT, 11 noya — Sputnik. Samarqand shahrida o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada so‘zlagan nutqi davomida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "maqsadimiz — Markaziy Osiyoni gullab-yashnayotgan mintaqaga aylantirish", deya ta’kidlagan edi.

Podpisanie dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkmaniston o‘rtasida imzolangan hujjat bekor bo‘lishi mumkinmi?
Shuningdek, prezident, 10-noyabr kuni imzolangan O‘zbekiston Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi va Turkmaniston o‘rtasida uch davlatning davlat chegaralari tutashgan nuqtasi to‘g‘risidagi shartnoma bir-biriga qo‘shni bo‘lgan uch mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro do‘stlikni yanada mustahkamlashiga qat’iy ishonch bildirgan edi.

O‘zbekiston rahbari so‘zlagan nutq xalqaro anjuman ishtirokchilar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.

Xususan, Qozog‘iston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Qayrat Abdrahmonov rasmiy Ostona kelgusida ham qo‘shni mamlakatlar bilan ikki tomonlama va xalqaro tashkilotlar doirasida ko‘p tomonlama hamkorlikni izchil rivojlantirish tarafdori ekanligini alohida qayd etdi.

"Qozoq xalqida shunday naql bor — yaxshi qo‘shni og‘aynidan afzal. Qozog‘iston Respublikasi Markaziy Osiyo davlatlari bilan ana shunday tamoyil asosida hamkorlik aloqalarni yo‘lga qo‘ygan va bundan manfaatdor. Biz kelgusida ham qo‘shni mamlakatlar bilan ikki tomonlama va xalqaro tashkilotlar doirasida ko‘p tomonlama hamkorlikni izchil rivojlantirish tarafdorimiz. Keyingi paytda bu borada O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlarining muhim kelishuvlarga erishganlarini alohida ta’kidlashni istardim", — dedi Abdrahmonov.

U shuningdek, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasida ilgari surgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining muntazam maslahatlashuvlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tashabbusini Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev qo‘llab-quvvatlaganini aytdi hamda birinchi uchrashuvni Qozog‘iston qabul qilishga tayyorligini bildirdi.

Abdrahmonov O‘zbekiston prezidenti xalqaro forumda ham mintaqa davlatlari o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratganini ta’kidlab o‘tdi.

"Biz — Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari bu tashabbuslarni hayotga tatbiq etishda faol bo‘lishimiz zarur", — deya da’vat qildi siyosatchi.

Yangiliklar lentasi
0