Jarixin Rossiya Markaziy Osiyodan kutayotgan uch narsani sanab o‘tdi

© Sputnik / Vladimir TrefilovVladimir Jarixin
Vladimir Jarixin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
MDH mamlakatlari instituti rahbari o‘rinbosari Vladimir Jarixin Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari nima sababdan iqtisodiy va siyosiy yaqinlashuvni boshlab yuborishgani va bundan Rossiya nima kutayotgani haqida gapirdi

TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Rossiyalik ekspert Vladimir Jarixin fikriga ko‘ra, Tojikiston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Qozog‘iston rahbarlarining o‘zaro tashriflari normal, kutilgan holatdir.

Jaksilik Sabitov - Sputnik O‘zbekiston
Sabitov O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish qancha davom etishi haqida
Aksincha, ushbu davlatlarning oxirgi 20-yildagi o‘zaro munosabatlari, ularning doimiy ravishda bir-biriga o‘zaro e’tiroz bildirishlari — normadan chiqish hisoblanadi, dedi Jarixin.

"Meni hozir ro‘y berayotgan voqealar emas, avvalgilari ko‘proq taajjublantiradi. Ilgarilari mojarolar "xo‘l joyda", ya’ni suv resurslari atrofida ro‘y berardi. Haqiqatda esa bu muammolarni faqatgina kelishuv yo‘li bilan hal etish mumkin, shukrki hozir shunday bo‘lmoqda", — deya izohladi Vladimir Jarixin "Rossiya segodnya" xalqaro axborot agentligi matbuot-markazida tashkil etilgan doira suhbati davomida.

Jarixinning so‘zlariga ko‘ra, ushbu birlashuv bir yo‘la bir nechta muammolarni hal etishga yordam beradi, va bu nafaqat Markaziy Osiyo davlatlariga ijobiy ta’sir qiladi, balki Rossiya ham bundan naf ko‘radi.

Xususan, Rossiya bilan birgalikda MDHning oli hududlarida antiterroristik xavfsizlikni ta’minlash mumkin.

Eng asosiysi esa, hozirgi holat ulkan ijtimoiy barqarorlikni yuzaga keltirishga asos bo‘lib xizmat qiladi, demakki kelajakda mamlakatlarga chet eldan keladigan migrantlar jo‘natmalariga emas, o‘zi ega iqtisodiy salohiyatga tayanish imkonini yaratadi.

Yangiliklar lentasi
0