Kamilov Afg‘oniston prezidenti maslahatchisini qabul qildi

© AFP / YASSER AL-ZAYYATMinistr inostrannix del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov
Ministr inostrannix del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Muzokaralarda asosiy e’tibor turli shakllarda yuqori darajadagi ikki tomonlama uchrashuvlar doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoniga qaratildi

TOShKENT, 10 fev — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Toshkent shahriga amaliy tashrif bilan kelgan Afg‘oniston prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha katta maslahatchisi Muhammad Hanif Atmarni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Prezidenti Uzbekistana i Tursii Shavkat Mirziyoyev i Redjep Erdogan - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Erdo‘g‘onni Toshkentga Afg‘oniston bo‘yicha anjumanga taklif qildi

Xabarda aytilishicha, uchrashuvda O‘zbekiston-Afg‘oniston kun tartibining qator masalalari, ba’zi xalqaro va mintaqa muammolari muhokama qilindi.

Muzokaralarda asosiy e’tibor turli shakllarda yuqori darajadagi ikki tomonlama uchrashuvlar doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoniga qaratildi.

Suhbatda alohida e’tibor Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan "Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sherikchilik" nomli Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyaga tayyorgarlik ko‘rishga qaratildi.

Muzokaralarda Afg‘onistonning O‘zbekistondagi elchisi Sayid Shahobiddin Timuriy ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Afg‘oniston bilan birgalikda 2018-yil mart oyining oxirida Toshkentda "Afg‘oniston — tinchlikka yo‘l" mavzusida konferensiya o‘tkazish tashabbusi bilan chiqqandi.

Toshkentdagi anjumanning asosiy maqsadi Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish jarayonining asosiy tamoyillarini belgilab olish hamda hukumat va muxolifatchi kuchlar orasida tinchlik jarayonini "boshlab yuborish" mexanizmini ishlab chiqishdir.

Yangiliklar lentasi
0