TOShKENT, 27 yanv – Sputnik. Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xonadonlarni elektr va gaz yordamida isitganda, ehtiyot choralarini unutmaslikka chaqirdi.
- Xususan, ko‘ngilsiz hodisalarni oldini olish maqsadida, quyidagi xavfsizlik qoidalariniga rioya qilish kerakligini esga soldi:
- qo‘lbola va nosoz gaz va elektr isitish moslamalaridan foydalanmang;
- isitish moslamalaridan foydalanishda ularni ishlab chiqargan korxonaning tavsiya va yo‘riqnomasi talablariga rioya qiling;
- isitish moslamalari yaqinida yonuvchan buyum va oson alangalanuvchi maxsulotlarni saqlamang;
- gaz uskunalarni ulash tartib qoidalariga rioya qiling;
- mabodo gaz xidini sezsangiz, chiroq va uchqun chiqaruvchi moslamalardan aslo foydalanmasdan, darxol xonani shamollating xamda gaz xizmatiga xabar bering;
- isitish pechlari va ularning mo‘rilarini sozligiga e’tibor bering;
“Ushbu qoidalarga rioya etish bilan Siz o‘zingiz va yaqinlaringizni hamda uy-joyingizni yong‘indan asrab qolgan bo‘lasiz”, — deyilgan xabar so‘nggida.