Uchinchi marta: Qozog‘istonda buzilib qolgan avtobusdagi 55 o‘zbekistonlikka yordam ko‘rsatildi

© SputnikAvtobus Setra
Avtobus Setra - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Politsiyachilar yo‘lovchilarni mahalliy maktab binosiga olib borishdi, ular issiq joy va yegulik bilan ta’minlanishdi

TOShKENT, 13 fev — Sputnik. Qozog‘istonning Pavlodar viloyatidagi trassada avtobus buzilib qolishi natijasida viloyat markazigacha yetib borolmagan 55 o‘zbekistonlikka yordam ko‘rsatildi, deb xabar beradi Podrobno.uz.

Silnie morozi - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istonda politsiyachilar 48 o‘zbekistonlikni fojiadan asrab qolishdi

Rossiyaga ketayotgan avtobus Dostik qishlog‘i yaqinida buzilib qolgan.

Mahalliy politsiyachilar yo‘lovchilarni mahalliy maktab binosiga olib borishdi, ular issiq joy va yegulik bilan ta’minlanishdi.

Buzilib qolgan transport vositasi Pavlodarga olib ketilgan.

Yo‘lovchilar esa boshqa avtobusda Rossiya chegarasigacha olib borib qo‘yilgan. Chegarada esa migrantlar Rossiya avtobusiga o‘tkazilgan.

Bu o‘tgan ikki oy ichida Qozog‘iston hududida migrantlar mingan avtobuslar bilan sodir bo‘lgan uchinchi holatdir.

Yangiliklar lentasi
0