Qozog‘istonda politsiyachilar 48 o‘zbekistonlikni fojiadan asrab qolishdi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishSilnie morozi
Silnie morozi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avtobusda Rossiyadan uyga qaytayotgan 48 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan

TOShKENT, 16 dek – Sputnik. Politsiyachilar Samara-Chimkent trassasida 50 nafarga yaqin O‘zbekiston fuqarolarini qutqarib qolishdi, deb xabar berdi Sputnik Qozog‘iston Aktubinsk viloyati IIB matbuot xizmatiga asoslanib.

Prokuratura Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Vladimir fojiasidagi avtobus yo‘lovchi tashishga yaroqli bo‘lmagan - prokuratura

"15 dekabr kuni Samara-Chimkent trassasida Irgiz posolkasi yaqinida Rossiyadan O‘zbekistonga kelayotgan avtobus buzilib qolgan. Ushbu holat fojia bilan yakunlanishi mumkin edi, chunki sahroda harorat 23 daraja sovuq bo‘lib, izg‘irin edi", — deyiladi xabarda.

IIBning xabariga ko‘ra, avtobusda Rossiyadan uyga qaytayotgan 48 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan. Voqea joyiga kelgan mahalliy politsiya inspektorlari zudlik bilan maxsus texnika chaqirishgan va yo‘lovchilarni trassadagi maxsus punktga olib borishgan. Bu yerda barcha yo‘lovchilar joy va issiq choy bilan ta’minlangan.

Yangiliklar lentasi
0