UzCard internet orqali "sms -xabarnoma" xizmatini ulash xavfli ekanligini bildirdi

© Sputnik / Ruxkan / Mediabankka o‘tishOplata pokupki cherez terminal plastikovoy bankovskoy kartoy
Oplata pokupki cherez terminal plastikovoy bankovskoy kartoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"sms -xabarnoma" xizmatiga infokiosk yoki bankomat orqali ulanish har tomonlama xavfsiz deb e’tirof qilingan

TOShKENT, 13 fev – Sputnik. Uzcard plastik kartaga internet orqali "sms —xabarnoma" xizmatini ulash xavfli ekanligini bildirdi.

Plastikovie karti Uzcard - Sputnik O‘zbekiston
Endi plastik kartalar besh yillik amal qilish muddati bilan chiqariladi

To‘lov tizimi matbuot xizmati xabarida aytilishicha, "sms —xabarnoma" xizmatiga infokiosk yoki bankomat orqali ulanish har tomonlama xavfsiz deb e’tirof qilingan.

"Infokiosk orqali ushbu xizmatni ulash vaqtida apparat kartangizni qabul qilayotganda plastik kartangiz qo‘lingizda ekanligi tasdiqlanadi. Bankda ham ushbu xavsizlik tizimi joriy qilingan bo‘lib, bank xodimi karta egasi ishtirokida xavfsiz ravishda kartangizni ushbu xizmatga ulab qo‘yadi", deyiladi xabarda.

Matbuot xizmatining bildirishicha, "sms-xabarnoma" xizmati karta egasiga barcha kirimlar, joriy balans va to‘lov operatsiyalar, jumladan, amalga oshirilgan to‘lovlar borasidagi ma’lumotga tezkorlikda ega bo‘lish imkonini yaratadi.

Yangiliklar lentasi
0