TOShKENT, 29 sen — Sputnik. 1-oktabrdan boshlab banklar tomonidan muomalaga chiqariladigan UZCARD EMV plastik kartalarning amal qilish muddati besh yilgacha etib belgilandi. Bu haqda uzcard.uz xabar qilmoqda.
"1 oktabrdan boshlab Yagona Umumrespublika Protsessing Markazi "Uzkart" banklararo to‘lov tizimi ishtirokchilari bo‘lmish banklar tomonidan muomalaga chiqariladigan UZCARD EMV plastik kartalarning amal qilish muddatini besh yilgacha belgiladi", deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, shu kungacha UZCARD EMV plastik kartalar uch yillik amal qilish muddati bilan chiqarilayotgan edi.
Ushbu qaror karta egalari hamda tijorat banklari uchun qulaylik yaratish maqsadida joriy qilindi.