Dushanbe Shavkat Mirziyoyevni kutib olishga qizg‘in tayyorlanmoqda

Obuna bo‘lish
Tojikiston va O‘zbekiston san’at ustalarining birgalikdagi konserti "Do‘stlik oqshomi" deb ataladi

TOShKENT, 13 fev — Sputnik. Tojikiston poytaxtida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bahor fasliga mo‘ljallangan ilk davlat tashrifiga qizg‘in tayyorgarlik ketmoqda.

Jeleznodorojnie puti - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Tojikistonga olib boruvchi ilgari buzib tashlangan temir yo‘lni tiklamoqda

TojikTAning respublika Madaniyat vazirligidagi manbasiga tayanib xabar berishicha, davlat rahbarining tashrifi hamda prezidentlarning uchrashuvi Tojikiston va O‘zbekiston san’at ustalarining birgalikdagi qutlov konserti bilan nishonlanadi.

Xabar qilinishicha, Tojikiston va O‘zbekiston san’at ustalarining birgalikdagi konserti "Do‘stlik oqshomi" deb nomlanadi. Unda taniqli xonandalar, sozanda va raqqoslar ishtirok etadi.

O‘zbekiston rasmiy delegatsiyasi, Tojikiston hukumati va parlamenti a’zolari. Diplomatik korpus vakillari tomoshabinlar orasidan joy oladilar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga safar qilishini bildirgandi.

Yangiliklar lentasi
0