O‘zbekiston Tojikistonga olib boruvchi ilgari buzib tashlangan temir yo‘lni tiklamoqda

Obuna bo‘lish
Ushbu yo‘nalish bo‘yicha poyezdlar mart oyining dastlabki o‘n kunligida harakatlana boshlashi kutilmoqda

TOShKENT, 9 fev — Sputnik. O‘zbekiston Tojikistonga olib boruvchi ilgari buzib tashlangan temir yo‘lni tiklamoqda, deb xabar berdi Sputnik Tojikiston TojikTA agentligiga asoslanib.

"O‘zbekiston tomoni Tojikistonning Xatlon viloyati yo‘nalishi bo‘yicha boruvchi temir yo‘llarni tiklashga kirishdi. Mazkur ishlar yaqin vaqt ichida yakunlanishi rejalashtirilgan", — dedi agentlikka mamlakat hukumatidagi manba.

Jeleznaya doroga v Tadjikistane - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Afg‘oniston hududida temiryo‘l qurishda davom etadi

Ushbu yo‘nalish bo‘yicha poyezdlar mart oyining dastlabki o‘n kunligida harakatlana boshlashi kutilmoqda: O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi ana shu davrga mo‘ljallangan.

Manbaning aytishicha, kelgusida ikki mamlakat poytaxtlari o‘rtasida yo‘lovchilar uchun temir yo‘l reyslari tashkil qilish rejalashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2011-yil noyabrda O‘zbekiston tomoni Amuzang-G‘alaba uchastkasidagi temir yo‘llarni olib tashlagan.

Yanvar oyida O‘zbekiston va Tojikiston vakillari O‘zbekiston orqali Rossiyaga temir yo‘l qatnovi ochish imkoniyatini muhokama qilgandi. Gap Turkmanistonni aylanib o‘tuvchi Dushanbe-Paxtaobod-Boysun-Qarshi-Toshguzar temir yo‘l marshruti haqida bormoqda. Agar ushbu yo‘nalish ochiladigan bo‘lsa, yuk va yo‘lovchi tashish vaqti hamda masofasi qisqaradi.

Yangiliklar lentasi
0