Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidentiga hamdardlik bildirdi

© Sputnik / Marina Lisseva / Mediabankka o‘tishKrushenie passajirskogo samoleta v Moskovskoy oblasti
Krushenie passajirskogo samoleta v Moskovskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston-Rossiya yoshlar forumi Podmoskovyeda AN-148 samolyoti halokati qurbonlari xotirasiga bir daqiqalik sukut bilan boshlandi

TOShKENT, 12 fev — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Podmoskovyeda AN-148 samolyoti halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinga hamdardlik izhor etdi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Video s mesta padeniya passajirskogo samoleta An-148 v Podmoskovye - Sputnik O‘zbekiston
AN-148 halokati joyidan dastlabki video paydo bo‘ldi

O‘zbekiston-Rossiya yoshlar forumi Podmoskovyeda AN-148 samolyoti halokati qurbonlari xotirasiga bir daqiqalik sukut bilan boshlandi.

II Rossiya — O‘zbekiston yoshlar forumi 18-fevralgacha davom etadi.

Forum ishtirokchilari Toshkent, Samarqand, Buxoroga borishadi. Forum doirasida yosh tadbirkorlik, turizm, ilm-fan va texnika, ta’lim sohalari bo‘yicha davra suhbatlari va seksiyalar o‘tkaziladi. 

Eslatib o‘tamiz, 2018-yil 11-fevral kuni soat 15:00 atrofida Moskva viloyatida AN-148 samolyoti halokatga uchradi. "Saratovskie avialinii" kompaniyasiga tegishli bo‘lgan samolyot Domodedovo aeroportidan uchib chiqqan va Orsk shahri yo‘l olgan. Samolyot bortida 71 kishi bo‘lgan: 65 nafar yo‘lovchi va 6 nafar ekipaj a’zosi.

Saratov viloyati hukumati halokatda halok bo‘lganlarning oilalariga bir million rubl beriladi. Samolyot halokati bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Yangiliklar lentasi
0