An-148 halokati: motam kuni, bortda bo‘lgan chet elliklar va jahon hamjamiyati hamdardligi

© Press-slujba MChS RF / Mediabankka o‘tishKrushenie passajirskogo samoleta v Moskovskoy oblasti
Krushenie passajirskogo samoleta v Moskovskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskvadan Orsk shahriga qarab uchayotgan An-148 samolyoti halokati munosabati bilan Orenburg viloyatida motam kuni e’lon qilindi

TOShKENT, 12 fev — Sputnik. Orsk shahriga qarab uchayotgan samolyotning halokatga uchrashi va undagi yo‘lovchilarning barchasi hamda ekipaj a’zolarining vafot etishi munosabati bilan Orenburg viloyatida motam kuni e’lon qilindi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

"Dushanba, 12-fevral kuni Orenburg viloyatida halok bo‘lganlar xotirasiga motam kuni deb e’lon qilindi", — degan region rahbari.

Krushenie passajirskogo samoleta v Moskovskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
An-148 fojeasi – ayni damda nimalar ma’lum bo‘ldi
Moskva-Orsk reysini bajarayotgan "Saratovskie avialinii"ga tegishli An-148 samolyoti Moskva viloyatining Ramenskoe tumanida, Stepanovskoe aholi yashash punkti yonida halokatga uchragan.

Rosaviatsiya ma’lumotlariga ko‘ra, ekipaj bilan samolyot Domodedovo aeroportidan havoga ko‘tarilganidan so‘ng bir necha daqiqa o‘tgach aloqa yo‘qolgan. Shu paytgacha berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot bortida bo‘lgan 65 nafar yo‘lovchi va olti nafar ekipaj a’zolari halok bo‘lganlar.

Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi halokatga uchragan samolyot bortida ikki nafar chet elliklar bo‘lganini tasdiqlagan: bular Shveysariya va Ozarbayjon fuqarolari ekanligi aytilmoqda.

Rossiya hukumati nomiga dunyo hamjamiyatidan chuqur hamdarlik bildirilgan telegrammalar kelishda davom etmoqda.

Xususan, Rossiya xalqi va hukumati nomiga Ukraina rahbariyati, Oq Uy ma’muriyati, Misr, BMT Bosh kotibi hamdardlik maktublarini yo‘llaganlar.

Yangiliklar lentasi
0