An-148 fojeasi – ayni damda nimalar ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Marina Lisseva / Mediabankka o‘tishKrushenie passajirskogo samoleta v Moskovskoy oblasti
Krushenie passajirskogo samoleta v Moskovskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Saratovskie avialinii” kompaniyasiga qarashli bo‘lgan samolyot bortida 71 kishi bo‘lgan va dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra ularning barchasi qurbon bo‘lgan.

TOShKENT, 11 fev – Sputnik. Bugun mahalliy vaqt bilan soat 15:00 atrofida Domodedovo aeroportidan uchib chiqqan An-148 samolyoti Moskva viloyati hududida halokatga uchragani haqida xabar bergan edik.

“Saratovskie avialinii” kompaniyasiga qarashli bo‘lgan samolyot bortida 71 kishi bo‘lgan va dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra ularning barchasi qurbon bo‘lgan.

Ayni damda samolyot halokatga uchragan hududga qidiruv-qutqaruv otradlari operatsiyasi olib borilmoqda.

“Samolyot bo‘laklari 1 km kvadrat hududga sochilib ketgan. Fojea joyida qutqaruvchilar ko‘p miqdorda samolyot bo‘laklari va odam jasadlarni topishgan. Topilmalar orasida samolyot qora qutilarining bittasi ham bor”, — deyilgan xabarda.

Rossiya FVV rahbari Vladimir Puchkov aytishiga qaraganda qidiruv operatsiyasi tunu-kun olib boriladi. Unda uchuvchisiz apparatlardan ham foydalaniladi. FVV ushbu fojea yuzasidan “qaynoq liniya” ochgan — 8 800 775 17 17.

Samolet An-148 - Sputnik O‘zbekiston
Moskva viloyatida An-148 samolyoti halokatga uchradi

Rossiya Tergov qo‘mitasi “Saratovskie avialinii” kompaniyasiga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksining 263 bandi, 3 bo‘limiga binoan (ko‘p sonli qurbonlarga olib kelgan ekspluatatsiya qoidalarini buzish) jinoiy ish qo‘zg‘agan. Tergov guruhi fojea joyida ham ishlamoqda.

Rossiya transport nazorati qo‘mitasi “Saratovskie avialinii” kompaniyasini navbatdan tashqari tekshiruvdan o‘tkazmoqda.

Fojea sabablari haqida hozircha hech narsa ma’lum emas. Samolyot nisbatan yangi bo‘lgan. Ekspluatatsiyaga kiritilganiga 8-yildan kam vaqt bo‘lgan. Samolyot tajribali uchuvchi — Valeriy Gubanov boshqaruvida bo‘lgan. Uning tajribasi – 5 ming uchish soatidan iborat.

“Saratovskie avialinii” kompaniyasida shunday samolyotlardan 5ta bo‘lgan.

Domodedova aeroportida qutqaruvchilar operativ shtabi tashkil qilingan.

Yana bir operativ shtab Orsk shahri aeroportida tashkil etilgan. U yerda qurbon bo‘lgan yo‘lovchilarning yaqinlari bilan psixiolog va shifokorlar ishlamoqda.

Yangiliklar lentasi
0