Koreyada Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi vakolatxonasi ochiladi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishZarubejnie strani: Yujnaya Koreya
Zarubejnie strani: Yujnaya Koreya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida Koreyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Kvon Yon U bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

TOShKENT, 10 fev — Sputnik. O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Janubiy Koreyaning Kvanju shahrida vakolatxonasini ochadi. Bu haqda agentlikning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qilindi.

Migranti vo vremya ekzamenatsionnogo testirovaniya - Sputnik O‘zbekiston
Koreyada ishlashni istaydiganlar uchun koreys tilini o‘rgatish markazi ochiladi

Xabar qilinishicha, 8-fevral kuni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida Koreyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Kvon Yon U bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri A.Xaitov, Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi rahbari R.Ibragimov, shuningdek vazirlikning XMT bilan hamkorlik va xalqaro aloqalar sektori mudiri B.Alimuhamedov, Koreya elchixonasining birinchi kotibi U Xi Chan, EPS markazi direktori Son Sang Jin ishtirok etdilar.

Uchrashuvda Koreyaning Kvanju shahrida O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining vakolatxonasini ochish, O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari va Koreya Mehnat va bandlik vazirligi o‘rtasida imzolanishi kutilayotgan O‘zbekiston fuqarolarini Koreyaga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun bandlikni hal etish tizimi orqali jo‘natishga oid yangi Memorandumni ishlab chiqish va imzolashga oid masalalar muhokama etildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Koreyaning Kadrlarni boshqarish vazirligi o‘rtasidagi Memorandumni amalga oshirishga oid hamda ikki tomonni qiziqtirgan boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2018-yilning birinchi yarim yilligida hukumat qarori asosida taqdim etilayotgan "Dalvarzin" maishiy xizmat ko‘rsatish kolleji bazasida Koreyada ishlashga ruxsatnoma olish uchun O‘zbekiston fuqarolariga koreys tilini o‘rgatish markazini ochish bo‘yicha qaror qabul qilingandi.

Yangiliklar lentasi
0